1 332
Tadbirkordan 300 mln so‘m va 5 ming dollar olgan elektr korxonasi xodimlari qo‘lga olindi
Videodan kadr
Davlat xavfsizlik xizmati Sirdaryoda firibgarlik holatiga chek qo‘ydi. Bu haqda DXX xabarida aytilgan.
«Sirdaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyatining ikki xodimi mahalliy MCHJga qarashli, Guliston tumani hududidan o‘tuvchi Sirdaryo o‘zanidan qum-shag‘al qazib olish «karer»iga elektr energiyasi ulab berish uchun 1600 kVt kuchlanishga ega bo‘lgan 1 dona elektr transformatori, 100 dona beton simyog‘och, 17,5 km. masofaga yetadigan yuqori kuchlanishli elektr simlari va boshqa ehtiyot qismlarni tegishli tartibda rasmiylashtirmasdan «Sirdaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» hisobidan chiqarib berish hamda sohaga tegishli idoradan ushbu ulanadigan elektr tarmog‘iga texnik shartlarda qayd etilgan talab asosida ijobiy xulosa olib berish evaziga MCHJ rahbaridan 510 mln so‘m va 5 ming AQSH dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda dastlab «Sirdaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi»ning Davlat va shartnomaviy xizmatlar ko‘rsatish va rivojlantirish xizmati xodimi oldindan 300 mln so‘m hamda 5 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlandi.
So‘ngra tezkor tadbir davom ettirilib, u 5 ming AQSH dollarini sherigi - korxonaning mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmati xodimiga bergan vaqtida u ham ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168- (firibgarlik) va 211-moddalari (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi