Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi, B.Sanam viloyat IIBga ariza bilan murojaat qilib, o‘ziga nisbatan firibgarlik qilmoqchi bo‘layotgan shaxsga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Murojaatga asosan, 2022 yil 18 may kuni viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan Termiz shahar Alpomish mahallasida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda, Jarqo‘rg‘on tumanida yashovchi X.Ikrom o‘ziga tegishli bo‘lmagan shu tuman hududida joylashgan 50 sotix yerni 500 million so‘mga sotishga kelishib, B.Sanamdan 214 million so‘m pullarni olgan vaqtida ushlangan va undan ashyoviy dalil olingan.
Qayd etilishicha, 2022 yil 22 may kuni X.Ikromga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)