Samarqand va Xorazmda yashash hovlisida ko‘p miqdorda ko‘knori o‘stirayotgan shaxslar ushlandi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmatining xabar berishicha, Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi tezkor xodimlari DXX bilan hamkorlikda Oqdaryo tumanida o‘tkazgan tezkor tadbirda fuqarolardan biri hovlisida 404 tup ko‘knori giyohvandlik o‘simligini yetishtirayotgani aniqlangan.
Shuningdek, Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari DXX va IIB xodimlari hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda Urganch tumanida yashovchi shaxs tomorqasi va bog‘ida 532 tup ko‘knori giyohvandlik o‘simligini o‘stirayotgani aniqlangan.


Qayd etilishicha, joriy yil 5 oy davomida bojxonachilar 164 ta qonunbuzarlik holatida 547 kilogramm ziyod giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmatining xabar berishicha, Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi tezkor xodimlari DXX bilan hamkorlikda Oqdaryo tumanida o‘tkazgan tezkor tadbirda fuqarolardan biri hovlisida 404 tup ko‘knori giyohvandlik o‘simligini yetishtirayotgani aniqlangan.
Shuningdek, Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari DXX va IIB xodimlari hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda Urganch tumanida yashovchi shaxs tomorqasi va bog‘ida 532 tup ko‘knori giyohvandlik o‘simligini o‘stirayotgani aniqlangan.


Qayd etilishicha, joriy yil 5 oy davomida bojxonachilar 164 ta qonunbuzarlik holatida 547 kilogramm ziyod giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishgan.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…