
Bosh prokuratura huzuridagi departament, DXX va IIBning Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish maqsadida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda Buxoro viloyati Transport boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Sh.Q. 9 ta avtotransport vositasiga yo‘lovchi tashish uchun litsenziya olib berish evaziga tadbirkor O.dan 350 dollarni pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar