10:00 / 25.06.2022
1 602

Surxondaryoda Isuzu va «KamAZ» to‘qnashib, yonib ketdi

Surxondaryoda Isuzu va «KamAZ» to‘qnashib, yonib ketdi
Foto: «TASS»
Rossiyalik kinorejissyor va teleboshlovchi Tigran Keosayan Qozog‘istonda terrorchilar bilan bir ro‘yxatga kiritilgan, deya xabar beradi «KazTAG» o‘z manbasiga tayanib.

«Keosayan ommaviy axborot vositalarida u «do‘st bo‘lmagan»lar ro‘yxatiga kiritilishi haqida xabar berilgandan so‘ng darhol ushbu ro‘yxatga ham kiritilgan. Chegarada ular darhol unga «qizil bayroq» qo‘yishdi. Bu ro‘yxatga Keosayandan tashqari Qozog‘istonda terrorchilar va boshqa nomaqbul elementlar ham kiritilgan», deya aytgan «KazTAG» agentligiga voqea tafsilotlari bilan tanish manba.

Manbaning tushuntirishicha, Keosayan oxir-oqibat rasmiy darajada avvalroq aytilganidek, Qozog‘istonga kirishi mumkin bo‘lmagan shaxslar ro‘yxatidan joy olgani amaldagi qoidalarga ko‘ra ommaga e’lon qilinmagan.

«Aslida bu juda keng ro‘yxat, u yerda asosan terrorchilar va shunga o‘xshash toifadagi boshqa shaxslar bor hamda Keosayan ham ular bilan birga. Va ular rasman uning ushbu ro‘yxatda ekanligini aytmaydi, bu normalarda ko‘zda tutilmagan — rasmiylar ushbu ro‘yxatga kiritilgan har bir terrorchini ismi bilan chaqirmaydi», — deya tushuntiradi nashr suhbatdoshi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Keosayan o‘zining teledasturlaridan birida Qozog‘istonga qarshi ochiq tahdidlar va haqoratli hujumlar uyushtirgan edi. U Rossiya hukumatiga tegishli bo‘lgan «Rossiya segodnya» va Sputnik axborot agentligi hamda Russia Today (RT) xalqaro axborot tarmog‘i bosh muharriri Margarita Simonyanning turmush o‘rtog‘i hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryoda Isuzu va «KamAZ» to‘qnashib, yonib ketdi