1 158
Farg‘onada aholiga ajratilgan 151 tonna un qimmat narxlarda sotib yuborilgani aniqlandi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanida davlat resursidan ajratilgan un mahsulotini qimmat narxlarda sotib yuborish holati aniqlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Bag‘dod tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruv davomida fuqaro A.A. otasi A. va qarindoshi X.ning nomiga yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’ektlarini tashkil qilib, amalda o‘zi norasmiy rahbarlikni amalga oshirib kelgan. U imzolarini soxtalashtirish orqali «Bag‘dod don mahsulotlari» AJdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuzilgan shartnomalarga asosan davlat resurslari hisobidan ajratilgan umumiy bahosi 420,6 million so‘mlik 151,4 tonna un mahsulotini 2022 yilning fevral—aprel oylari uchun dislokatsiyada belgilangan 19 ta mahallalarga arzonlashtirilgan narxlarda yetkazib bermasdan, Marg‘ilon shahri hududida boshqa shaxslarga qimmat narxlarda sotib yuborgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (Nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»