
Foto: Prokuratura departamenti.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tuman bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Aniqlanishicha, tuman ETK yuriskonsulti F.I. fuqaro B.ning elektr energiya iste’molidan vujudga kelgan 9 mln so‘m qarzdorligini sudda ishlovchi tanishlari orqali kamaytirib berish evaziga 100 AQSH dollari va 500 ming so‘mni ETKning ma’muriy binosi oldida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Bosh ProkuraturaYangihayot TumaniElektr Tarmog‘iJinoyat KodeksiTezkor TadbirQarzdorlik Sud O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar