
Majburiy ijro byurosining Angren shahar bo‘limi ish yurituviga, Ohangaron tumanlararo iqtisodiy sudining 04.04.2022 yildagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor “Angren Universal” MCHJ.dan ATIB “Ipotekabank” Angren filiali foydasiga 573 mln. 231 ming so‘m kredit qarzdorligi undirish va undiruvni garovda bo‘lgan poliklinika binosiga qaratish haqidagi ijro hujjati kelib tushgan.
Bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida, garovdagi mulk xatlanib auksion savdolariga qo‘yilgan.
Natijada qarzdor “Angren Universal” MCHJ tomonidan 573 mln. 231 ming so‘m kredit qarzdorligi to‘liq undirilishi ta’minlangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar