To‘raqo‘rg‘on tumani «Birlashgan» mahallasida yashovchi fuqaro 2022 yil 30 iyun kuni tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, Damas’ni yashash uyi oldida qarovsiz qoldirganidan foydalangan noma’lum shaxs, avtomashina oynasini ochib, salonda bo‘lgan 1 500 000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganini ma’lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB EKG tomonidan avtomashinani ko‘zdan kechirish davomida, 3 dona qo‘l barmoq izlari olinib, viloyat IIB EKMda mavjud bo‘lgan Avtomatlashtirilgan daktiloskopik taqqoslash tizimi orqali tekshirildi.
Ushbu qo‘l barmoq izlarining 2 donasi, bir shaxsga tegishli ekani tasdiqlanib, uning o‘ng qo‘l o‘rta va nomsiz barmoqlariga mos kelgani aniqlandi. Tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni sodir etgan shaxsdan daliliy ashyo olingan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin