Prezident farmoni bilan Qoraqalpog‘istonda 3 iyuldan 2 avgustgacha favqulodda holat joriy etilib, bir qator chora va vaqtinchalik cheklovlar o‘rnatilishi ma’lum qilingandi. Favqulodda holat amal qilishi davrida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi kuchlari va vositalari qo‘shimcha ravishda jalb etiladi.
Fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i uchun aniq tahdid, huquqni muhofaza qilish organlarining xodimlariga hujum qilish, ularning qurol va texnikasini egallab olish holatlarini inobatga olib, shuningdek, O‘zbekistonning «Favqulodda holat to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonunining 23-moddasiga muvofiq Mudofaa vazirligi kuch va vositalari quyidagi vazifalarni amalga oshirish uchun jalb etiladi:
- favqulodda holat joriy etilgan hududga kirish va undan chiqishning alohida rejimini ta’minlash;
- aholining hayot faoliyatini va transportning harakatlanishini ta’minlovchi ob’ektlarni hamda insonlarning hayoti va sog‘lig‘i, shuningdek, atrof-muhit uchun yuqori xavf tug‘diradigan ob’ektlarni muhofaza qilish;
- qurol, jangovar va maxsus texnika qo‘llanilgan holda zo‘ravonlik harakatlari bilan birga yuz beradigan to‘qnashuvlarda ishtirok etayotgan qarama-qarshi kurashayotgan taraflarni ajratish;
- qonunga xilof qurolli tuzilmalar faoliyatiga chek qo‘yishda ishtirok etish;
- favqulodda vaziyatlarning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining kuchlari tarkibida favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etishda, shuningdek odamlarning hayotini saqlab qolishda ishtirok etish.
Farmonga ko‘ra, favqulodda holat rejimi sharoitida o‘rnatilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi uchun mas’ul etib Qoraqalpog‘iston hududi komendaturasi, O‘zbekiston IIV, Milliy gvardiya, DXX, FVV, shuningdek, O‘zbekistonning Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va harakat qilish davlat tizimiga kiruvchi boshqa davlat organlari hamda tashkilotlarining kuchlari va vositalari belgilandi.
Qoraqalpog‘istondagi vaziyat
1 iyul kuni soat taxminan 15:00 lardan boshlab Nukusda ayrim fuqarolar amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarni noto‘g‘ri talqin qilib, kutilmaganda ko‘cha yurishlarini tashkil qildi. Nukusning Markaziy dehqon bozorida to‘planib, namoyishlar uyushtirildi. Jamoat tartibining buzilishini oldini olish hamda fuqarolar tomonidan turli tartibbuzarliklarni sodir etishlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida dehqon bozori hududiga huquqni muhofaza qilish organlarining kuch va vositalari jalb etildi.
Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi, Vazirlar Kengashi va Ichki ishlar vazirligi bergan bayonotga ko‘ra, bir guruh jinoyatchi shaxslar populistik shiorlarni niqob qilib olib, fuqarolarning ongi va ishonchini manipulyatsiya qilib, tartibsizliklar tashkilotchilari hokimiyat vakillarining qonuniy talablariga bo‘ysunmay, respublika fuqarolarini Qoraqalpog‘iston Respublikasining ma’muriy binolari oldidagi maydonga yig‘di va ushbu davlat muassasalarini egallab olishga va shu orqali jamiyatda ixtilof keltirib chiqarish, O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat barqarorligini izdan chiqarishga urindi.
Huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qabul qilingan qat’iy choralar bilan tashabbuskorlarning g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari to‘xtatilib, ommaviy tartibsizlik uyushtirishga urinishlar tarqalishiga chek qo‘yildi.
Shavkat Mirziyoyev 2 iyul kuni Nukusga bordi va Jo‘qorg‘i Kenges deputatlari, Qoraqalpog‘iston faxriylari va faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda prezident Konstitutsiyaning Qoraqalpog‘istonga tegishli moddalarini amaldagi tahrirda o‘zgarishsiz qoldirish zarurligini aytdi. Qoraqalpog‘iston xalqiga murojaat qilib, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi referendumdan keyingina qonuniy tusga kirishini aytib, fuqarolarning xohish-irodasi, taklif va fikrlaridan kelib chiqqan holda, ushbu loyiha o‘zgarib, takomiliga yetkazilishini ta’kidladi.
Davlat rahbari hozirgi vaziyatda barcha fuqarolarni hamjihatlik va birdamlikka, oqilona ish ko‘rishga, turli g‘arazli chaqiriq va harakatlarga berilmaslikka da’vat etdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin