Mudofaa vazirligi Nukusdagi namoyishlar haqida videorolik e’lon qildi. Unda harbiy xizmatchilar o‘sha vaqtda bo‘lgan voqealarni gapirib berdi.
«Qurol ishlatmaslik bo‘yicha buyruq olgandik. Chunki u yerda tinch, oddiy xalq bor edi. Hamma o‘zining doimiy joylashuv joyiga, harbiy qism va postlariga yetib borishi bo‘yicha ‘komanda’ oldik. Shaxsiy tarkibimga zudlik bilan BTR texnikasiga o‘tirishini tayinladim va harakatni boshladik», — deydi BTR ekipaji komandiri Rustam Bobojonov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, uning guruhi 17:30 lar atrofida harakatni boshlagan bo‘lsa, doimiy joylashuv joyiga qarab taxminan 500 metrlar yurgan.
«Doimiy joylashuv joyimizga ketayotgan paytimizda BTR haydovchisi ‘o‘rtoq kapitan, bir kilometrlar uzoqroqda 300—400 nafardan ortiq olomon turibdi, bizning yo‘limizni to‘syapti. Qo‘llarida har xil temir jismlar, armatura, lo‘m, yonuvchi aralashmalari bor’, dedi. Hamma narsaga tayyor turish bo‘yicha ‘komanda’ berdim. Shu payt harbiy qismga aloqaga chiqdim, bizga yordamchi kuch kerak, oldimizdan 300-400, orqamizdan 100-200 olomon yopirilib kelyapti», — deydi kapitan.
Uning aytishicha, odamlar texnikalarga zarba berishni, oynalarini sindirishni boshlagan.
Foto: Mudofaa vazirligi videodan kadr
«Asosiy maqsadimiz qoraqalpoq xalqining tinchligini saqlash bo‘lgani sababli o‘sha payt texnikamiz bilan xalqning ustiga bostirib haydamadik. Xalqqa qurol ishlatmadik, ularning birortasining joniga ozor berganimiz yo‘q. Hammasiga chidab, bolalar bilan qasamyodga sodiqligimizni isbotladik», — deydi Rustam Bobojonov.
Uning ta’kidlashicha, qoraqalpoq xalqi — tushungan xalq. Ularga o‘sha yovuz kuchlar ta’siriga tushib qolganini ham tushungan. Tushungani uchun ham tartibsizliklar to‘xtadi.
Intervyu bergan yana bir askarning so‘zlariga ko‘ra, ular orasida ikkita-uchta yo‘naltiruvchi, boshqaruvchi yetakchilari bor edi. Mahallliy aholi u yerda faqat vositachi rolini o‘ynab qolgan xolos. Ularni ruhiy jihatdan zararlashgan, tamom.
«Mahalliy aholi jabr ko‘rmasligi uchun biz BTRni to‘xtatdik. Texnikani olomon ustiga haydab borishimiz yoki ularga qarshi o‘q uzishimiz ham mumkin edi, qo‘limizdan kelardi. Ammo vijdon yo‘l qo‘ymadi.
Mo‘ljalga oluvchiga ‘komanda’ berdim, osmonga qarata bir necha marta ogohlantiruvchi o‘q uz, deb. Bolalarning ruhiy holati jangovar edi, ortga qaytish yo‘q edi, ko‘zlarida qo‘rquv ko‘rganim yo‘q. Ularni faqat xalqiga qilgan qasamyodi to‘xtatib turgan», — deydi u.
Harbiylarning aytishicha, BTR lyuki metall buyumlar yordamida ochilgan. Ichkarida bo‘lganlar esa kaltaklangan.
«O‘sha kuni o‘zimning ekipaj komandirim, safdoshlarimni himoya qildim. Ust-boshim qon edi, lekin o‘sha formani asrab qoldim. O‘shanda qo‘limizda qurol bo‘lmaganda ham, milliy armiyamiz formasi menga qandaydir kuch bergan. Bu forma men uchun juda qadrli, hech narsaga almashmayman», — deydi kaltaklangan haybirlardan biri. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi