21:41 / 10.07.2022
1 268

Qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qabul muddati uzaytiriladi

Qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qabul muddati uzaytiriladi
Vazirlik hozirda Qoraqalpog‘iston hududida internet tizimida ayrim texnik nosozliklar tufayli hujjatlarni onlayn topshirishda uzilishlar kuzatilayotgani sababli, qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qabul uzaytirilishi ma’lum qildi.

«Bu jarayon hukumat tomonidan to‘liq nazoratga olingan bo‘lib, hozirda hujjat topshirishga ulgura olmagan qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish muddati uzaytirilishi kutilmoqda.

Ushbu masala tez orada ijobiy yechimini topadi va bu haqidagi ma’lumot qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar hamda ularning ota-onalariga (Beeline, Uzmobile, Ucell, UMS, Perfectum mobile) SMS xabar tarzida, shuningdek, hududiy telekanallar orqali yetkaziladi
»,deyiladi rasmiy xabarda.

Ma’lumot uchun, bugun, 10 iyul – OTMning chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlari hamda akademik litseylarga qabulning so‘nggi kuni hisoblanadi.

2022/2023 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari hamda kasb-hunar maktablariga onlayn hujjat topshirish jarayonlari 20 iyul kuniga qadar davom etadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qabul muddati uzaytiriladi