22:02 / 10.07.2022
1 518

Toshkentdagi hovli MIB tomonidan 10 mlrd so‘mga auksionga qo‘yildi

Toshkentdagi hovli MIB tomonidan 10 mlrd so‘mga auksionga qo‘yildi
Foto: E-auksion
Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Sadaf ko‘chasidagi 7—9-uylar kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Lot ma’lumotlari E-auksion portalida e’lon qilingan.

Lot auksionga jinoyat ishlari bo‘yicha sud hukmi bilan Yashnobod tumani MIB tomonidan joylashtirilgan. Ushbu 2 qavatli uy 10 xonadan iborat.

Yer uchastkasining umumiy maydoni — 0,13 gektar. Binoning maydoni — 839,4 kvadrat metr. Hovlida gaz, suv, elektr ta’minoti va kanalizatsiya tizimi mavjud.

Foto: E-auksion
Auksionga qo‘yilgan hovlining boshlang‘ich bahosi — 10 mlrd so‘m. Arizalar 13 iyul 09:00 ga qadar qabul qilinadi. Savdolar xuddi shu kuni 10:00 da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdagi hovli MIB tomonidan 10 mlrd so‘mga auksionga qo‘yildi