date
views 1 302

BMT Shavkat Mirziyoyevning tashabbusini qo‘llab-quvvatladi

BMT Shavkat Mirziyoyevning tashabbusini qo‘llab-quvvatladi
Foto: Prezident matbuot xizmati.
BMT Bosh Assambleyasi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning navbatdagi muhim tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tashkilotga a’zo barcha davlatlar O‘zbekiston tomonidan 40 ta mamlakat hammuallifligida ishlab chiqilgan Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash to‘g‘risidagi maxsus rezolyutsiyani bir ovozdan ma’qulladi.

Ushbu rezolyutsiyani ishlab chiqish va unda ikki mintaqa muloqotining umumiy yondashuvlari, asosiy prinsiplari va yo‘nalishlarini mustahkamlab qo‘yish tashabbusi davlatimiz rahbari tomonidan 2021 yil iyul oyida o‘tkazilgan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusidagi Toshkent konferensiyasida ilgari surilgan edi.

Shuningdek, hujjatda Prezidentimizning 2022 yilni Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti doirasida «O‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash yili» deb e’lon qilish taklifi yuqori baholangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » BMT Shavkat Mirziyoyevning tashabbusini qo‘llab-quvvatladi