Buxorodagi xonadonlarning biriga kirib qolgan yo‘rg‘a tuvaloq tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborildi. Bu haqida Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.
Aytilishicha, 14 iyul kuni Jondor tumanida yashovchi fuqaro tuman Ekologiya bo‘limiga telefon orqali murojaat etib, xonadoniga antiqa qush kirib qolganligi to‘g‘risida xabar bergan.
“Ekologiya inspektorlari tezkorlik bilan aytilgan manzilga yetib borishdi va ushbu noyob qush Qizil kitobga kiritilgan yo‘rg‘a tuvaloq ekanligini aniqlashdi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, yo‘rg‘a tuvaloqning holati ko‘zdan kechirilib, uning sog‘lom ekani ma’lum bo‘lgan.
Shundan so‘ng, u Buxoro viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari bilan hamkorlikda tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi