«Xo‘jayikon» tuz g‘ori 1989 yilda ochilgan bo‘lib, Surxondaryo viloyatining Sherobod tumani Ko‘xitang tog‘ tizmasi etaklarining janubi-sharqiy yonbag‘rida, dengiz sathidan 1200 metr balandlikda joylashgan.
Ma’lumot uchun: Moddiy madaniy meros ob’ekti hisoblanadigan «Xo‘jayikon» tuz g‘orining ichki qismida san’at galereyalari tizimi bilan birgalikda bir-biridan harorat, namlik, bosim va mikroiqlim bo‘yicha farq qiluvchi beshta xona-kameralar mavjud. G‘or devorlari o‘ziga xos tarzda bir santimetrdan uch santimetrgacha tuz qatlami bilan qoplangan, o‘tish joyida tuz eritmali shifobaxsh buloq mavjud. Ushbu g‘or muhitida nafas yo‘llarining allergik kasalliklari, uzoq davom etadigan o‘tkir va surunkali bronxit, astma, pnevmoniya asoratlari, immuniteti pasaygan bemorlar va teri kasalliklarini davolashda foydali qo‘shimchalar mavjud.
Madaniy meros agentligi tomonidan ma’lum qilinishicha, ayni vaqtda «Xo‘jayikon» tuz g‘ori madaniy meros ob’ektiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan holatlar mavjud. Xususan, ushbu ob’ektdan Surxondaryo viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tarkibidagi Sherobod tumani tibbiyot birlashmasi xo‘jalik hisobidan tegishli asoslantiruvchi hujjatlarsiz foydalanib kelmoqda. Bu esa madaniy meros ob’ektining muhofazasini ta’minlashda bir qator qiyinchiliklarni yuzaga keltirmoqda.
«Xo‘jayikon» tuz g‘ori madaniy meros ob’ektini asrab avaylash, uni davlat muhofazasiga olish maqsadida Vazirlar Mahkamasining «Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’ektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida» 2019-yil 4-oktabrdagi 846-son qarori bilan Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’ektlari milliy ro‘yxatiga kiritilgan.
Vazirlar Mahkamasining «Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’ektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida» 2019-yil 4-oktabrdagi 846-sonli hamda 2021-yil 3-martdagi 119-sonli qarorlari bilan Surxondaryo viloyatining Sherobod tumani, Oqtoshota qishlog‘i, «Chorbog‘» MFYda joylashgan «Xo‘jayikon» tuz g‘ori madaniy meros ob’ekti «Termiz» davlat muzey-qo‘riqxonasi balansiga operativ boshqaruv huquqi asosida biriktirilgan.
Mazkur qarorlar doirasida «Termiz» davlat muzey-qo‘riqxonasi tomonidan «Xo‘jayikon» tuz g‘ori madaniy meros ob’ektining kadastr hujjatlari rasmiylashtirilib, egalik huquqi olingan.
«Termiz» davlat muzey-qo‘riqxonasi tomonidan Xo‘jayikon tuz g‘ori madaniy meros ob’ektidan samarali foydalanish hamda egalik huquqi asosida barcha turdagi tashrifchilar uchun ish faoliyatini tashkil etish maqsadida Surxondaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga bir necha bor murojaat qilingan.
Surxondaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan bu masala e’tiborsiz qoldirilgani sababli, «Xo‘jayikon» tuz g‘ori madaniy meros ob’ektidan Sherobod tumani tibbiyot birlashmasining majburiy tartibda chiqarilishini so‘rab, joriy yilning 18-aprel kuni «Termiz» davlat muzey-qo‘riqxonasi tomonidan Termiz tumani tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo arizasi kiritildi.
Termiz tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan yakuniy sud qarori chiqarilishida «Xo‘jayikon» tuz g‘ori madaniy meros ob’ektining kadastr hujjatlari rasmiylashtirilishi yuzasidan Termiz tumanlararo ma’muriy sud qarori chiqarilishi kutilmoqda.
Shu bilan bir qatorda, joriy yilning 15-iyun kuni Termiz tumanlararo ma’muriy sudi tomonidan ko‘rib o‘tilgan ishda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari asosida «Xo‘jayikon» tuz g‘ori madaniy meros ob’ektining «Termiz» davlat muzey-qo‘riqxonasiga kadastr hujjatlari rasmiylashtirilib, egalik huquqi berilganligi noqonuniy deb topilmoqda.
Ta’kidlash lozim muzey-qo‘riqxona «Xo‘jayikon» tuz g‘ori madaniy meros ob’ekti xalqimizga yanada ko‘proq samara keltirishi va kelajak avlodga bezarar yetib borishi uchun bir qator tadbirlarni maqsad qilgan. Xususan, «Xo‘jayikon» tuz g‘ori madaniy meros ob’ektidan tibbiyot davolash maqsadida ham foydalanilib, davlat va hususiy sanatoriyalar bilan keng hamkorlik olib borilishi, xalqaro miqiyosdagi diqqatga sazovor joylardan biriga aylantirilishi, mahalliy va xorijiy tashrifchilarning eko va tibbiyot turizmi doirasida keng jalb etilishi, mablag‘ tushumlarining tartibga solinishi va mazkur mablag‘lar budjet mablag‘lari sifatida yo‘naltirilishi hamda eng asosiysi — mazkur madaniy meros ob’ekti davlat muxofazasida ishonchli saqlanishi uchun «Termiz» davlat muzey-qo‘riqxonasi balansida operativ boshqaruv huquqi asosida qoldirilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...