12:46 / 21.07.2022
1 154

Shavkat Mirziyoyev maxsus xizmatlar rahbarlari doimiy maslahatlashuvini yo‘lga qo‘yishni taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev maxsus xizmatlar rahbarlari doimiy maslahatlashuvini yo‘lga qo‘yishni taklif qildi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining to‘rtinchi maslahat uchrashuvida so‘zga chiqib, qator takliflarni ilgari surdi.

Xususan, Shavkat Mirziyoyev xavfsizlik sohasida Markaziy Osiyo davlatlari xavfsizlik kengashlari va xavfsizlik xizmatlari rahbarlarining doimiy maslahatlashuvini yo‘lga qo‘yish taklifi bilan chiqdi.

«Mintaqaviy hamkorligimizning strategik yo‘nalishi xavfsizlik sohasidir. Mintaqaning xavfsizligi ajralmas va eng avvalo, hamkorligimiz qanchalik samarali yo‘lga qo‘yilganiga bog‘liqligini alohida ta’kidlamoqchiman.

Bu borada ekstremizm va terrorizmning an’anaviy tahdidlari, uyushgan jinoyatchilik va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashishda amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishimiz zarur.

Bizning alohida e’tiborimiz internetdagi ko‘lami ortib borayotgan noqonuniy faoliyat bilan bog‘liq chaqiriqlar muammolariga qaratilgan. Bugungi kunda bu tahdidlarning chegarasi yo‘q – ular mobil telefonlar orqali kirib boradi.

Afsuski, O‘zbekistonda so‘nggi paytlarda ro‘y bergan fojiali voqealar bizning rejalarimizni buzishga, mintaqamizda tartibsizlik va beqarorlik keltirib chiqarishga urinayotgan buzg‘unchi kuchlar borligini yana bir bor tasdiqladi.

Shu munosabat bilan biz mintaqa davlatlarining xavfsizlik kengashlari va maxsus xizmatlari rahbarlarining ushbu sohalarning barchasi bo‘yicha muntazam maslahatlashuvlarini yo‘lga qo‘yish taklifini qo‘llab-quvvatlaymiz
», dedi davlat rahbari.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev maxsus xizmatlar rahbarlari doimiy maslahatlashuvini yo‘lga qo‘yishni taklif qildi