date
views 1 137

6 oyda o‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda eng ko‘p qaysi davlatlarga chiqqani ma’lum qilindi

6 oyda o‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda eng ko‘p qaysi davlatlarga chiqqani ma’lum qilindi
O‘tgan 6 oyda o‘zbekistonliklar turistik maqsadlar bo‘yicha eng ko‘p qaysi davlatlarga chiqqani ma’lum qilindi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.

Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, 2022 yilning 1 iyul holatiga 2,1 mln O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan.

O‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda eng ko‘p safar qiladigan davlatlar orasida Qirg‘iziston yetakchilik qilyapti – 1 mln nafar.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
Qozog‘iston – 336 ming nafar;
Tojikiston – 284 ming nafar;
Turkiya – 131 ming nafar;
Rossiya – 105 ming nafar;
BAA – 58 ming nafar;
Saudiya Arabistoni – 50 ming nafar;
Misr – 21 ming nafar;
Janubiy Koreya – 6 ming nafar;
AQSH – 6 ming nafar;
Kuvayt – 5 ming nafar;
Hindiston – 5 ming nafar.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 6 oyda o‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda eng ko‘p qaysi davlatlarga chiqqani ma’lum qilindi