Bugungi kunda bir nechta kasbni egallash davr talabiga aylanib qoldi. Bu haqda Iqtisodiyot universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipov «Daryo» nashriga bergan intervyusida fikrlarini bildirdi.
Qo‘ng‘irotboy Sharipovning aytishicha, hozirda kasblarga bo‘lgan talab juda tez o‘zgarib bormoqda.
«Hozirgi kunda bir kasbni egallash modada emas. Chunki kasblar tez o‘zgaryapti. Bir mutaxassislikni bitirib chiqquncha boshqa talablar bo‘lib ketyapti. Bizning universitetimizda ham 3-4 ta kasbni egallash bo‘yicha kurslar tashkil qilganmiz», — dedi rektor.
Qo‘ng‘irotboy Sharipovning ta’kidlashicha, davlat va jamiyatni o‘qigan yoshlar rivojlantiradi.
«O‘qigan bola bilan o‘qimagan bolaning farqi katta bo‘ladi. Jamiyatni rivojlantiradigan drayver o‘qimishli yoshlar deb bilaman. Bola kitob o‘qimasa, uning fikri ko‘chadagi oddiy narsalar bilan shakllanadi. Qayerdadir zo‘ravonlik qiladi, hayot shu ekan, deb o‘ylaydi. Lekin kitob o‘qigan bolaning madaniyati o‘zgaradi.
Hayotda yaxshi-yomonlarni solishtirish, taqqoslash imkoniga ega bo‘ladi. Institutga kirmadi degani, bu o‘qimadi degani emas. Hali oliy ta’lim muassasasiga kirmasdan, o‘zining ustida ishlayotgan, texnikumlarda kasb o‘rganayotgan yoshlar ham bor. Demak, hayotda nimagadir qiziqish kerak. Maqsadi bo‘lishi kerak. Afsus, hozirgi yoshlarning ayrimlarida oldiga qo‘ygan maqsadi yo‘q. Bir kunlik bilan yashaydiganlari bor, ularga kuni o‘tsa bo‘ldi. Yoki ota-onasining qaramog‘ida bo‘lib qoladi. O‘zining oldiga aniq maqsadlarni qo‘ya olmaydi.
OTMni bitirgan yoshlarimiz kelajakda kimningdir joyini egallash uchun vakant joyga o‘tirmasligi kerak. O‘qishni bitirgandan keyin, yangi ish o‘rinlarini yaratishi lozim. Masalan, 30 foiz yoshlar OTMga kirgan desak, ular qolgan 70 foiz o‘qishga kira olmaganlar uchun yangi ish o‘rinlari yaratadigan bo‘lishi zarur. Buning uchun ular o‘z sohasining mutaxassisi bo‘lishi lozim. Afsuski, biz yoshlarimizni boshidan to‘g‘ri yo‘naltirib, institutni bitirayotgan paytda uning qo‘liga nafaqat diplom, balki tadbirkorlikni o‘zi yarata oladigan mutaxassis qilib bersak, u kelajakda ko‘chada qolmaydi», — dedi u. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»