3 153
Ramzan Qodirov Mirziyoyevni o‘ziga xos tabrikladi: "Otlarni yaxshi ko‘rishingizni bilaman"
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni 65 yoshni qarshi olgani bilan tabriklab, unga o‘rgatilgan ikkita chopqir ot sovg‘a qildi.
“Assalomu alaykum, bizning qadrli, katta og‘amiz. Shavkat Miromonovich, 65 yoshga to‘lganingiz bilan chin ko‘ngildan tabriklayman. Men otlarni yaxshi ko‘raman, siz ham ularni yaxshi ko‘rishingizni bilaman. Shu sabab butun Checheniston xalqi va o‘zim nomimdan mana shunday chopqirlarni sizga sovg‘a qilishga qaror qildim”, - deydi Checheniston rahbari.
Qodirov o‘z tabrigida Shavkat Mirziyoyevni kamtarin va mehmondo‘st inson, shu bilan birga, dono va uzoqni ko‘ra oladigan siyosatchi deya ta’rifladi. O‘zbekiston yetakchisining o‘z vataniga chin dildan mehr qo‘ygani, rahbarlik qilgan yillari davomida el-yurt hurmatiga sazovor bo‘lganini ham qayd etdi.
Checheniston rahbari O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida bo‘lib o‘tgan mazmunli uchrashuv haqida ham so‘z yuritdi. Mirziyoyevning yuritayotgan siyosati to‘g‘riligi, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi yildan-yilga mustahkamlanib borayotganini ta’kidladi. Prezidentning sharofati bilan O‘zbekiston tez orada islom turizmi markaziga aylanishini, chunki bu zaminda islom dinining boy tarixi saqlanib qolganini qo‘shimcha qildi.
“O‘zbekistonga tashrifim davomida bo‘lib o‘tgan mazmunli uchrashuvimizni iliq eslayman. Bu yerlar gullab-yashnab, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi yildan-yilga mustahkamlanib borayotgani uchun uning siyosati to‘g‘riligiga shaxsan men amaliy safarim davomida amin bo‘ldim. O‘zbekistonning yuksalib borayotganini, iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini jadal sur’atlarda rivojlantirayotganini ko‘rish juda quvonarli. Bundan tashqari, Shavkat Miromonovich Rossiya bilan yaqin do‘stona munosabatlarni faol o‘rnatib, rivojlantirmoqda. Aminmanki, yillar davomida do‘stligimiz mustahkamlanib boradi va yanada kuchayadi”, - dedi Ramzan Qodirov.
U o‘z tabrigida O‘zbekistonni, o‘zbek xalqini juda yaxshi ko‘rishini ta’kidlab, otasi shu yerda tahsil olganini eslab o‘tdi. Ushbu zaminni “qadrli joy” deb bilishini ham qo‘shimcha qildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»