Konstitutsiyaviy qonun loyihasi umumxalq muhokamasi yakunlari bo‘yicha Qonunchilik palatasidagi mas’ul qo‘mitalar brifingi bo‘lib o‘tmoqda.
Qayd etilishicha, qonun loyihasi umumxalq muhokamasiga chiqarilgandan so‘ng bugunga kadar 150 mingdan ortiq taklif kelib tushdi. Takliflar 67 foizini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar taqdim etgan.
Hududlar kesimida takliflarning eng ko‘pi Toshkent viloyatidan 13,6 foiz (20 587 tasi), Toshkent shahridan 12,5 foiz (18 933 tasi), Andijon viloyatidan 9,3 foiz (14 020 tasi) kelib tushgan.
Xorijdagi, jumladan, Rossiya Federatsiyasi, Janubiy Koreya, Turkiya, Qozog‘iston, Germaniya va boshqa davlatlardan vatandoshlarning yuzlab taklif va munosabatlari kelib tushgan.
Fuqarolardan kelib tushayotgan takliflar orasida:
- davlat ishsizlikni tugatishi;
- soliqqa tortish mutanosib va ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi;
- davlat zarur hollarda xorijdagi fuqarolarga huquqiy va boshqa yordam ko‘rsatishi;
- davlat organlari faoliyatida ochiqlik bo‘lishi va ularga korrupsiyaga qarshi kurashish majburiyatini yuklash;
- aholi uchun munosib yashash sharoitlarini yaratish, oziq-ovqat xavfsizligi;
- mahalliy kengashlarga ham hokimlarga ishonchsizlik votumini bildirish vakolatini berish;
- sudning inson huquq va erkinliklarini kamsituvchi normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llashga haqli emasligini belgilash kabilar bor.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»