Turkiya tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga yetib keldi

Turkiya tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga yetib keldi
Foto: TIV rasmiy vakili.
Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu mamlakatimizga keldi. Bu haqda TIV rasmiy vakili xabar berdi.

U 2 avgust kuni Toshkentda tashqi siyosat, iqtisodiyot va transport uchun mas’ul vazirliklar rahbarlari darajasida bo‘lib o‘tadigan «O‘zbekiston – Ozarbayjon – Turkiya» muloqotining birinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha uch davlat ishtirokida yangi formatda yig‘ilish o‘tkazilishi ma’lum qilingandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar