date
views 1 429

Toshkentda Tesla va Cobalt ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkentda Tesla va Cobalt ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Foto: YHXB
Toshkent shahri Chilonzor tumani Muqimiy ko‘chasida Tesla va Cobalt ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yil 6 avgust kuni soat 8:30 larda Toshkent shahar, Chilonzor tumani Muqimiy va Arnasoy ko‘chalari kesishgan chorrahada haydovchilar — 1990 yilda tug‘ilgan N.N. boshqaruvidagi Cobalt rusumli transport vositasi 1977 yilda tug‘ilgan D.T. boshqaruvidagi Tesla rusumli transport vositalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda Tesla va Cobalt ishtirokida YTH sodir bo‘ldi