
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kasbi tuman bo‘limi tomonidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqaro D.U. boshqa bir fuqaro Z.ning qadr-qimmati va obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan fotosuratlarini internet ijtimoiy tarmoqlari orqali tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, evaziga undan 3 000 AQSH dollari talab qilib, 500 AQSH dollari va 4 dona tilla taqinchoqlarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga tegishliligi bo‘yicha yuborilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar