15:39 / 11.08.2022
1 377

Birinchi kungi test sinovlari natijalari e'lon qilindi

Birinchi kungi test sinovlari natijalari e'lon qilindi
2022 yil 8 avgust kuni oliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yoʻnalishlariga kirish uchun oʻtkazilgan test sinovi natijalari e'lon qilindi.

Davlat test markazi xabariga koʻra, 8 avgust kuni test sinovlarida ishtirok etgan abiturientlar oʻz natijalarini 4 xil usulda bilishi mumkin.

Ular:
my.dtm.uz saytining «Natijani olish» boʻlimidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda;

mandat.dtm.uz sayti orqali abiturient qayd varaqasi yoki abiturient ruxsatnomasida koʻrsatilgan abiturientning ID-raqamini kiritgan holda;

Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga abiturient qayd varaqasi yoki abiturient ruxsatnomasida koʻrsatilgan abiturient ID-raqamini yuborgan holda:

@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot

abiturient ruxsatnomasi quyi qismidagi QR-kod (natijani koʻrish uchun havola)ni skaner qilgan holda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat