13:30 / 16.08.2022
982

Ishga kiritib qo‘yish va xorijga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Ishga kiritib qo‘yish va xorijga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi
Andijonning Jalaquduq va Farg‘onaning Toshloq tumanlarida ishga kiritib qo‘yish va xorijga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.

Departamentning Jalaquduq tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, tuman Tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining sobiq o‘rinbosari X.B. fuqaro Sh.ni tanishlari yordamida ushbu birlashmaga qarashli poliklinikaga hamshira vazifasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 1 500 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Toshloq tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro M.I. fuqaro R.ni tanishlari yordamida Janubiy Koreyaga ishga jo‘natish evaziga olgan 5 400 dollardan 1 000 dollarini qaytargan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ishga kiritib qo‘yish va xorijga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi