Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi
Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Jidda shahridagi Qirol Abdulaziz nomidagi universitetiga tashrif buyurdi.
Qirol Abdulaziz universiteti Saudiya Arabistonining eng katta universiteti bo‘lib, uning tarkibida bir nechta tadqiqot markazlari mavjud.
Tashrif chog‘ida o‘zbekistonliklarga universitet shifoxona ko‘rinishida tashkil etilgan tibbiy o‘quv markazi, startaplarni rivojlantirish markazlari namoyish etilib, ular ish jarayonlari bilan tanishtirildi.
Tashrif davomida ikki davlat olimlari hamkorligida qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, olimlarni stajirovkalarga yuborish va o‘zaro tajriba almashish masalalari bo‘yicha kelishib olindi.
Qirol Abdulaziz universiteti va Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda yangi markaz tashkil etish taklifi muhokama etildi. Universitet delegatsiyasi Toshkentda oktabr oyida bo‘lib o‘tadigan InnoWeek-2022 innovatsion g‘oyalar haftaligiga tashrif buyurganida, markaz tashkil etish masalasi batafsil muhokama etilishiga kelishildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»