1 229
Namanganda 10 kun avval o‘g‘irlab ketilgan Qur’oni Karim qo‘lyozmasi yana o‘z joyiga qaytarildi
Foto: Namangan miloyat IIB matbuot xizmati
Namanganda 10 kun avval noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan va ichki ishlar xodimlari sa’y-harakati bilan topilgan Qur’oni Karim qo‘lyozmasi yana o‘z joyiga qaytarildi. Bu haqda «Daryo» muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.
Viloyat hokimi Shavkat Abdurazzaqov va huquq-tartibot idoralari rahbarlari ishtirokida qo‘lyozma Sulton Uvays Qaroniy ziyoratgohidagi o‘z o‘rniga joylashtirildi. Shu yerga jam bo‘lgan nuroniylar bunday ko‘ngilsiz holatlar aslo takrorlanmasligini tilab, duo qilishdi.
Foto: Namangan miloyat IIB matbuot xizmati
Shavkat Abdurazzaqov huquq-tartibot idoralari mutasaddilariga ushbu muqaddas kitobni topishdagi jonbozliklari uchun minnatdorlik bildirdi hamda bir guruh ichki ishlar xodimlarini bu borada ko‘rsatgan xizmatlari uchun taqdirladi.
Foto: Namangan miloyat IIB matbuot xizmati
Viloyat IIB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda hajmi jihatdan Qur’oni Usmoniydan keyin ikkinchi o‘rinda turadigan Mus'haf endi muntazam qo‘riqlanadi, biroq ziyoratchilarning noyob qo‘lyozmani ko‘rish imkoniyati cheklanmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin