Toshkentda qalbaki dollarlarga «Ayfon» xarid qilgan mijoz ushlandi

Toshkentda qalbaki dollarlarga «Ayfon» xarid qilgan mijoz ushlandi
Toshkent shahar Shayxontohur tumanida fuqaroning uyali aloqa vositalarini xarid qilib, evaziga qalbaki AQSH dollari bergan shaxs ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning xabar berishicha, mas’ul idoralar tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro Yu.Yu. (muqaddam o‘g‘irlik jinoyati uchun sudlangan) qalbaki valyutalarni o‘tkazish maqsadida fuqaro S.ning ishonchiga kirib, unga tegishli 2 dona “Iphone 13 pro max” rusumli uyali aloqa vositasini 2 550 AQSH dollariga sotib olishga kelishib, evaziga unga jami 51 dona 50 AQSH dollarlik qalbaki kupyuralarni berib ketganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar