18:47 / 24.08.2022
1 678

O‘zbekistonda qaysi hududlar piyoz ekishga ixtisoslashtirilgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda qaysi hududlar piyoz ekishga ixtisoslashtirilgani ma’lum bo‘ldi
Bugungi kunda dunyo bo‘yicha piyoz 4,500 mln gektar maydonga ekilib, 85,795 mln tonna mahsulot yetishtirilmoqda, uning o‘rtacha hosildorligi bir gektarga 19,31 tonnani tashkil etadi.

Piyoz mahsulotini ishlab chiqarish bo‘yicha Xitoy, Hindiston, AQSH, Eron kabi davlatlar yetakchi o‘rinni egallaydi va shu bilan birga piyoz ushbu davlatlar sabzavotchiligida asosiy ekinlardan biri hisoblanadi.

O‘zbekistonda ham piyozni yangi serhosil va turli muddatlarda yetishtirishga mos navlarini yaratish, urug‘idan, ko‘chatidan hamda no‘shidan yetishtirishda takomillashgan texnologiyalarni qo‘llash dolzarb masalalardan hisoblanadi.

Mamlakat bo‘yicha piyoz eksportini yo‘lga qo‘yish, yalpi hosilni ko‘paytirishga oid chora-tadbirlar faol olib borilmoqda.

O‘zbekiston aholisini piyozga bo‘lgan talabini qondirish, bozorlarda narx-navo barqarorligini ta’minlash maqsadida 2022 yilda barcha toifa xo‘jaliklari tomonidan jami 1 mln 897 ming tonna, shundan fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan 954,1 ming tonna hamda dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqalarida 943,2 ming tonna piyoz yetishtirish prognoz qilinmoqda.

Hududlardagi fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan 2022 yil hosili uchun jami 59,1 ming gektar, shundan bahorda 22,5 ming gektar, avgust-sentabr oylarida 14,9 ming gektar maydonlarga piyoz ekilgan va noyabr dekabr oylarida to‘qsonbosti usulida yana 21,7 ming gektar ekilishi rejalashtirilgan.

Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi
O‘zbekistonda quyidagi tumanlar piyoz ekishga ixtisoslashtirilgan:
Ohangaron;
Parkent;
Bo‘stonliq;
Sharof Rashidov;
Zomin;
Jomboy;
Tayloq;
Samarqand;
Kitob;
Shaxrisabz;
Yakkabog‘;
Jarqo‘rg‘on;
Sariyosiyo;
Denov.

Mamlakatda eksport uchun piyozning istiqbolli mahalliy navlaridan «Ravnaq», «Istiqbol», «Zafar», «Oq dur» va xorijiy navlardan «Manas», «Daytona», «Leone» va «Banko» navlari yetishtirilmoqda.

2022 yilning 7 oyi davomida 22,4 mln dollar miqdoridagi 158,7 ming tonna piyoz Belarus, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Latviya, Mo‘g‘uliston, Tojikiston, Turkmaniston, Ummon kabi davlatlarga eksport qilindi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda qaysi hududlar piyoz ekishga ixtisoslashtirilgani ma’lum bo‘ldi