09:17 / 25.08.2022
1 208

Toshkent viloyatida to‘rt nafar shaxs qo‘y o‘g‘irlab ketayotganda ushlandi

Toshkent viloyatida to‘rt nafar shaxs qo‘y o‘g‘irlab ketayotganda ushlandi
Foto: Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi
Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida 23 avgust tunda fuqarolarning mol-qo‘ylarini o‘g‘irlayotgan bir guruh shaxslar fosh etildi, deb xabar beradi viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi.

Qayd etilishicha, shu kuni soat tungi 01:00 larda «Rovot» mahallasi hududidan o‘tayotgan Damas avtomobili tungi xizmatda bo‘lgan tuman IIB profilaktika inspektori va tezkor xodimi tomonidan to‘xtatilgan. Avtomobilda bo‘lgan to‘rt nafar shaxs bilan o‘tkazilgan suhbat davomida ular (20—40 yoshdagi shaxslar) o‘zlarini noodatiy tutishlari xodimlarda shubha uyg‘otgan.

Shundan so‘ng ularning yo‘nalishlari, qayerdan qayerga ketayotgani yuzasidan surishtiruv o‘tkazilgan. Shu tariqa ushbu shaxslar ayni damda shu mahallada yashovchi fuqaro xonadonidan bir bosh qo‘yni o‘g‘irlab, tanishining uyiga yashirib kelayotgani fosh etilgan.

Shaxslar gumonlanuvchi sifatida ishga jalb qilingan.

Hozirda mazkur holat va shu kabi boshqa holatlarga ularning aloqadorligi bo‘yicha qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyatida to‘rt nafar shaxs qo‘y o‘g‘irlab ketayotganda ushlandi