2022 yil 13 avgust kuni Namangan viloyati Uychi tumanida yashovchi ayol viloyat IIBga ariza bilan murojaat qilib, tuman hokimligida ishlovchi shaxs undan subsidiya asosida berilgan ipoteka kreditini olib berish maqsadida 500 dollar so‘raganini aytgan.
Ayol esa shu yilning 18 iyul kuni unga so‘ralgan pullarni berganini ma’lum qilgan.
Mazkur murojaat asosida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 13 avgust kuni soat 13:00da mazkur shaxs tumanning ko‘p tarmoqli shifoxonasida ayoldan kimyoviy ishlov berilgan 300 AQSH dollar hamda 1 millon 100 ming so‘m pul olayotgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Pul mablag‘lari daliliy ashyo sifatida xolislar ishtirokida olingan.
Surishtiruv ishlarida aniqlanishicha, ushbu fuqaro Xalq deputatlari Uychi tuman Kengashi deputati ekanligi ma’lum bo‘lgan.
Hozirda tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi