10:38 / 27.08.2022
1 512

Kadastr pasportini tayyorlash qanday muddatda amalga oshirilishi aytildi

Kadastr pasportini tayyorlash qanday muddatda amalga oshirilishi aytildi
Hukumat qarori bilan tasdiqlangan «Ko‘chmas mulk ob’ektiga kadastr pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish» ma’muriy reglamentiga ko‘ra, kadastr pasportini tayyorlash ob’ekt murakkabligiga qarab qator muddatlarda amalga oshiriladi.

Ular quyidagicha:
  • ko‘chmas mulk ob’ektlari turar joyga oid qismi bo‘yicha: ko‘p kvartirali uydagi kvartira — 3 ish kunigacha; yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kunigacha;
  • ko‘chmas mulk ob’ektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha: umumiy maydoni 100 kv m — 5 ish kunigacha; umumiy maydoni 100 kv mdan 1 000 kv mgacha — 7 ish kunigacha; umumiy maydoni 1 000 kv mdan 5 000 kv mgacha — 10 ish kunigacha; umumiy maydoni 5 000 kv mdan 15 000 kv mgacha — 15 ish kunigacha; umumiy maydoni 15 000 kv mdan 50 000 kv mgacha — 20 ish kunigacha; umumiy maydoni 50 000 kv mdan ortiq — 25 ish kunigacha;
  • ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha — 3 ish kunigacha.

Kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti 2 ish kuni mobaynida beriladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat