1 029
SHHT Samarqand sammitida Bahrayn va Maldivning muloqot bo‘yicha hamkorlikka arizasi ma’qullanadi
Foto: Dunyo
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Shanhay hamkorlik tashkiloti (SHHT) Samarqand sammitiga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan brifingda O‘zbekistonning SHHT ishlari bo‘yicha milliy koordinatori Rahmatulla Nurimbetov bo‘lajak sammit kun tartibidagi asosiy masalalar haqida ma’lumot berdi, deb xabar qilmoqda «Dunyo».
Qayd etilishicha, sammit kun tartibiga muvofiq «sakkizlik» davlatlari yetakchilari zamonaviy davlatlararo munosabatlarni chuqur o‘zgartirish nuqtayi nazaridan SHHT oldida turgan yangi muammolar va vazifalarni muhokama qiladi, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashadi.
«Biz Samarqand sammitiga taqdim etiladigan qo‘shimcha hujjatlar ro‘yxati ustida ishlashni davom ettiryapmiz. Sammitning asosiy yakuniy hujjati davlat rahbarlarining Samarqand deklaratsiyasi bo‘lib, unda SHHT mamlakatlarining mintaqaviy va global muammolarni hal etishga bo‘lgan umumiy yondashuvlari aks ettiriladi, tashkilotni rivojlantirish yo‘nalishlari belgilanadi», dedi Rahmatulla Nurimbetov.
Sammitning boshqa muhim hujjatlari qatoriga uzoq muddatli yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni amalga oshirish bo‘yicha kompleks reja, o‘zaro bog‘liqlikni rivojlantirish va samarali transport yo‘laklarini yaratish bo‘yicha hamkorlik konseptsiyasi, sanoat kooperatsiyasini rag‘batlantirish dasturi va «SHHT yaxshi niyat elchisi» faxriy unvoni to‘g‘risidagi nizom va boshqalar kiradi.
Davlat rahbarlari uchrashuvining muhim nuqtalaridan biri SHHTni kengaytirish masalalari bo‘ladi. Bo‘lajak sammit doirasida Eronning SHHTga to‘liq a’zo bo‘lishiga yo‘l ochadigan majburiyatlari to‘g‘risida memorandum imzolanishi rejalashtirilgan. Uch mamlakat – Misr, Qatar va Saudiya Arabistoniga SHHT muloqot bo‘yicha hamkori maqomini berish to‘g‘risidagi memorandumlar imzolanishi kutilmoqda.
A’zo davlatlar yetakchilari SHHT muloqot bo‘yicha hamkorlari maqomini olish uchun Bahrayn va Maldiv orollari arizasini ma’qullaydi. Tegishli qarorlar SHHT Samarqand sammitida imzolanadi.
Tomonlar Belarusdan to‘liq a’zolik uchun, boshqa qator mamlakatlarning kuzatuvchi maqomi va muloqot sherigi maqomini olish uchun arizalarini ko‘rib chiqmoqda.
Sammit hujjatlari yakuniy ro‘yxati SHHT davlat rahbarlari uchrashuvi arafasida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan milliy koordinatorlar kengashi tomonidan kelishiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi