date
views 1 587

Abiturientlar uchun mandat e'lon qilindi

Abiturientlar uchun mandat e'lon qilindi
2022/23 oʻquv yili uchun bakalavriatga kirish imtihonlari natijalari chiqdi.

Natijalarni 4 xil usulda masofadan, bepul bilish mumkin.
  • my.dtm.uz sayti orqali;
  • mandat.dtm.uz sayti orqali;
  • abiturient ruxsatnomasidagi QR-kodni skanerlar orqali;
  • Quyidagi Telegram-botlarga abiturientning ID-raqamini yuborish orqali: @e_dtm_mandatbot, @e_dtm_mandat1bot, @e_dtm_mandat2bot, @e_dtm_mandat3bot, @e_dtm_mandat4bot Telegram-botlari.

Yuqoridagi platformalarda javoblar varaqasi ham joylashtiriladi. Bu orqali abiturientlar qaysi savollarga toʻgʻri, qaysilariga notoʻgʻri javob belgilaganini koʻrishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, bu yil testlarda 1 073 821 nafar abiturient qatnashdi. Qabul kvotasi esa – 110 707 ta:
  • kunduzgi shaklga 77 477 nafar;
  • sirtqi shaklga 26 095 nafar;
  • kechki shaklga 3 725 nafar;
  • yangi turdagi masofaviy ta'lim shakliga 3 410 nafar talaba qabul qilinmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Abiturientlar uchun mandat e'lon qilindi