13:24 / 29.08.2022
971

O‘zbekistonda tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirish tartibi o‘zgaradi

O‘zbekistonda tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirish tartibi o‘zgaradi
Tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazishda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va valyuta namunalarini ekspress aniqlash jarayonida texnik vositalaridan foydalanish tartiblarini tasdiqlash haqida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

Prezident qaroriga asosan tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazishda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va valyuta namunalarini ekspress aniqlash jarayonida texnik vositalaridan foydalanish tartibini joriy etish hamda ekspress aniqlovchi zamonaviy texnik vositalarni budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan xarid qilish bo‘yicha vazifalar belgilangan.

Tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazishda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ekspress aniqlash jarayonida texnik vositalaridan foydalanish tartibi va tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazishda valyuta namunalarini ekspress aniqlash jarayonida texnik vositalaridan foydalanish tartibi tasdiqlanadi.

Shunday tartib joriy etiladiki, unga muvofiq 2023 yil 1 iyuldan boshlab, tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirayotgan tezkor xodim:
  • giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq holatni qayd etishda aniqlangan modda (buyum) giyohvand vositasi yoki psixotrop moddasiga taalluqli ekanligiga shubha paydo bo‘lganida;
  • aniqlangan modda (buyum)ni giyohvand vositasi yoki psixotrop moddasi qaysi turiga mansubligi bo‘yicha ikkilanganida;
  • giyohvand vositasi yoki psixotrop moddasi yangi turlari (analoglari)ni uchratganida;
  • tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazishda aniqlangan valyuta namunasi qalbaki ekaniga shubha paydo bo‘lganida;
  • tezkor tadbirlar davomiyligini ta’minlash uchun zarurat yuzaga kelganda tezkorlikni amalga oshirish hamda vaqtini tejash maqsadida, ular aniqlangan joy o‘zida yoki huquqni muhofaza qiluvchi idoralar binosida, xolislar ishtirokida mazkur modda (buyum) yoki valyuta namunalarini ekspress aniqlash texnik vositasi yordamida tekshiradi.

Belgilanishicha, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar hamda valyuta namunalarini ekspress aniqlovchi zamonaviy texnik vositalar zaruratga ko‘ra xaridi bilan bog‘liq sarf-xarajatlar tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar budjetdan tashqari mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

Belgilab qo‘yilishicha, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar tezkor xodimlari uchun tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazishda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va valyuta namunalarini ekspress aniqlash jarayonida texnik vositalaridan foydalanish bo‘yicha mavzuli o‘quv-seminarlarni tashkil etadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirish tartibi o‘zgaradi