16:26 / 02.09.2022
1 492

«Buni anglash uchun katta tarixchi bo‘lish shart emas» – Alisher Qodirov rossiyalik hamkasbiga javob qaytardi

«Buni anglash uchun katta tarixchi bo‘lish shart emas» – Alisher Qodirov rossiyalik hamkasbiga javob qaytardi
Alisher Qodirov rossiyalik deputat Konstantin Zatulin O‘zbekiston prezidentining shahidlar xotirasi maydonidagi ma’ruzasini rus OAVlaridagi asossiz talqiniga suyanib, xato xulosa berganini aytmoqda.

«Prezident Shavkat Mirziyoyevning kuni kecha qilgan ma’ruzasi Rossiya Davlat dumasi deputati Konstantin Zatulinning asossiz talqiniga suyanib xato xulosalarga sabab bo‘libdi.

Davlat rahbari tarixiy faktlarga asoslanib, yaqin o‘tmishning qora kunlarini eslatib o‘tdi. O‘sha qora kunlarda xalqimizning eng ilg‘or fikrlovchi qatlamlarining yakson qilinganini eslamaslik, kelajakda bu kabi xatolar takrorlanishiga olib kelishi mumkin
», - deydi Alisher Qodirov.

Oliy Majlis deputatiga ko‘ra, Mirziyoyev nafaqat o‘zbek, sovet davlatida yashagan barcha millatlarning ziyolilariga nisbatan qilingan qatag‘onlar haqida gapirgan.

«Prezident nafaqat o‘zbek, balki o‘sha davrda sovet davlatida yashagan barcha millatlarning ziyolilariga nisbatan qilingan vahshiy nohaqliklar haqida gapirdi. Buni anglash va to‘g‘ri talqin qilish uchun katta tarixchi bo‘lish shart emas, menimcha.

Hamkasblarimga shunday ham murakkab bo‘lgan muhitni yana murakkablashtiradigan, mintaqadagi tinchlik va osoyishtalikka putur yetkazadigan talqinlardan tiyilishni tavsiya qilaman. Zero bundan hech kim yutmaydi!

O‘ynab gapirsak ham, o‘ylab gapiradigan vaqtda ishlayapmiz
» – deydi Qodirov.

Eslatib o‘tamiz, 31 avgust kuni prezident Shavkat Mirziyoyev jamoatchilik faollari bilan Shahidlar xotirasi xiyoboniga tashrif buyurib, qatag‘on qurbonlarini yod etdi. Ushbu nutqdan so‘ng ayrim rus nashrlari «O‘zbekiston prezidenti SSSRni o‘zbek millatini yo‘q qilishda aybladi», mazmunidagi xabarlar chiqardi.

Noto‘g‘ri talqin qilingan ushbu xabarlarga asoslanib, Rossiya davlat dumasi deputati Konstantin Zatulin ham munosabat bildirdi.

Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev esa Shavkat Mirziyoyevning mustaqillik bayramidagi qatag‘on qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan muvozanatli va bosiq nutqiga Rossiya OAVlari mutlaqo noadekvat munosabat bildirayotganini ta’kidladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Buni anglash uchun katta tarixchi bo‘lish shart emas» – Alisher Qodirov rossiyalik hamkasbiga javob qaytardi