O‘zbekiston Respublikasi va Shveysariya Konfederatsiyasi huquqni muhofaza qiluvchi organlarining tergov doirasidagi hamkorligi natijasida Gulnora Karimova va uning boshchiligidagi uyushgan jinoiy guruh a’zolarining aktivlarini musodara qilish bo‘yicha ishlar Shveysariya sud organlariga oshirilgan.
Qayd etilishicha, undirilishi lozim bo‘lgan jami summa davom etayotgan jinoiy ish jarayoniga bog‘liq bo‘ladi, lekin taqriban 686 million AQSH dollar teng.
Ushbu ishlar Shveysariya sudlarida ko‘rib chiqilib, taqriban 336 million AQSH dollar uzil-kesil musodara qilingan. Shundan 131 mln AQSH dollari O‘zbekistonga qaytishi hal bo‘ldi, 205 mln AQSH dollari bo‘yicha esa yakuniga yetmoqda.
Hozirgi kunda, qo‘shimcha taqriban 350 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘larni musodara qilish masalasi Shveysariya sudlarida ko‘rib chiqilmoqda.
Xabaringiz bor, joriy yilning 16 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi va Shveysariya Konfederatsiyasi o‘rtasida «Shveysariya Konfederatsiyasi hududida konfiskatsiya qilingan noqonuniy orttirilgan aktivlarni O‘zbekiston Respublikasi aholisining manfaatlarida qaytarish yo‘llari to‘g‘risida»gi bitim imzolandi.
Mazkur bitim noqonuniy orttirilgan taqriban 131 mln AQSH dollariga teng aktivlarni O‘zbekistonga qaytarishni, qaytarishning asosiy prinsiplari, mexanizm va maqsadlarini belgilaydi.
Xususan, mablag‘larni qaytarish Birlashgan millatlar Tashkilotining «Uzbekistan Vision 2030 Fondi»deb nomlangan ko‘p sheriklik trast jamg‘armasi orqali amalga oshiriladi.
Adliya vazirligiga ko‘ra, mazkur jamg‘arma mablag‘larni sarflashda korrupsion xavf-xatarlarni oldini olishga, ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini ta’minlashga xizmat qiladi.
Qaytarilayotgan mablag‘lar pirovardida ijtimoiy sohaga yo‘naltirilishi, asosan sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarini rivojlantirishga ishlatilishi rejalashtirilmoqda.
Gulnora Karimova1, Shveysariya sudi1, Musodara qilish1, Aktivlar1 “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”