11:46 / 16.09.2022
1 747

SHHT Samarqand sammiti asosiy majlisi boshlandi

SHHT Samarqand sammiti asosiy majlisi boshlandi
16 sentabr kuni Samarqand shahrida Shanhay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlat rahbarlari ishtirokidagi sammit boshlandi. Sammitda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kirish nutqini so‘zladi.

"Sammitimiz, shubhasiz, tarixiy voqeadir. Bu pandemiya sinovlaridan so‘ng uzoq kutilgan do‘stlarning yuzma-yuz uchrashuvidir. Bu shaxsiy muloqot, SHHT mamlakatlarning kelajagini belgilab beruvchi qo‘shma qarorlar qabul qilish imkoniyatidir”, - dedi davlat rahbari.

Bu tadbir O‘zbekiston raisligida tarixiy Samarqandda o‘tayotgani biz uchun katta faxrdir. Umid qilamanki, kecha Samarqand ruhi va xalqimizning ko‘p yillik tarixiy madaniyati bilan tanishdingiz”, - deya Shavkat Mirziyoyevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mirziyoyevga ko‘ra, bugungi tadbir doirasida SHHT davlatlari yetakchilari 40 dan ortiq xalqaro kelishuvlarni imzolashi ko‘zda tutilgan.

Foto: Akorda.kz
Tadbirning qolgan qismi tor doirada davom etmoqda.

Foto: Akorda.kz

Foto: Akorda.kz
SHHTga kuzatuvchi hamda mehmon sifatida taklif qilingan Belarus, Eron, Mongoliya, Turkiya, Ozarboyjon, Turkmaniston yetakchilari majlisga tadbirning kengaytirilgan qismida qo‘shiladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat