1 034
Toshkentda o‘zganing Nexia-2 avtomobilini olib qochgan 20 yoshli yigit ushlandi (foto)

Toshkent shahri Shayxontohur tumanida 15 sentyabr kuni mashina olib qochgan 20 yoshli yigit qo‘lga olindi. Bu haqda Tergov departamenti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, shu kuni soat 05:00 da noma’lum shaxs transport vositasini olib qochish maqsadida Shayxontohur tumani «Gulobod» mahallasida joylashgan 41-sonli maktab binosi oldida bo‘la turib, shu yerda qarovsiz qoldirilgan, 37 yoshli U.Ch.ga tegishli Nexia-2 eshigini o‘z yonida bo‘lgan six yordamida ochib, olib qochgani aniqlangan.

Olib borilgan tergov-tezkor tadbirlari davomida shu kunning o‘zida soat 11:30 da mazkur avtomashina Olmazor tumani Farobiy ko‘chasida joylashgan savdo markazi oldida YPX xodimlari tomonidan to‘xtatilib, haydovchining shaxsi tekshirilgan. U Toshkent viloyatida yashovchi muqaddam sudlangan 20 yoshli A.S. ekani aniqlangan va qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan A.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksning 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan qo‘zg‘atilib, u protsessual tartibida ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar