22:00 / 24.09.2022
1 096

Davlat xizmatchisini pora evaziga og‘dirib olganlar ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin

Davlat xizmatchisini pora evaziga og‘dirib olganlar ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin
Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining ishchi guruh yig‘ilishida «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun muhokama qilindi.

Ta’kidlanishicha, yig‘ilishda senatorlar, ekspertlar, soha mutaxassislari ishtirok etdi. Qonun bilan Jinoyat kodeksi «korrupsiyaga oid jinoyatlar» degan yangi atama bilan to‘ldirilib, qaysi moddalar korrupsiyaga oid jinoyatlar deb topilishi belgilanmoqda.

Shuningdek, kiritilayotgan o‘zgartirishlar orqali korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun aybdor shaxslarga nisbatan jazo choralari yanada kuchaytirilayotgani aytib o‘tildi.

Jumladan, Jinoyat kodeksida mansab mavqeyini suiiste’mol qilish yoki xizmat mavqeyidan foydalangan holda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish hamda firibgarlik jinoyatlarini sodir etganlik uchun, shuningdek, pora olish, berish hamda ushbu jarayonda vositachilik qilish bilan bog‘liq moddalar sanksiyasi og‘irlashtirilib, jazo choralari kuchaytirilmoqda.

Bundan tashqari, davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organi, nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining xizmatchisini pora evaziga og‘dirib olish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash belgilanmoqda.

Ishtirokchilarining so‘zlariga ko‘ra, ushbu qonunning qabul qilinishi jismoniy va yuridik shaxslar bilan davlat organlari o‘rtasida yuzaga kelgan munosabatlarni belgilashga, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlariga putur yetkazuvchi davlat organlari xodimlarining mumkin bo‘lgan noqonuniy xatti-harakatlardan himoya qilishga xizmat qiladi.

Yig‘ilish yakunida mutaxassislarning ushbu qonun bo‘yicha tavsiyalari tayyorlanib, Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga taqdim etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Davlat xizmatchisini pora evaziga og‘dirib olganlar ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin