
O‘zbekistonda 2022 yilning yanvar—avgust oylarida jami 3 308,6 ming nafar fuqaro turistik maqsadlarda respublikadan chiqib ketgan, deb xabar bermoqda Davlat statistika qo‘mitasi.
Qayd etilishicha, ushbu ko‘rsatkich 2021 yilning mos davriga nisbatan taqqoslaganda (2021 yilda 1 227,7 ming nafar) 2 080,8 ming nafarga yoki 2,7 martaga oshgan.
O‘zbekistonliklar bu vaqt davomida quyidagi davlatlarga borgan:
MDH davlatlari — 2 888,6 ming nafar;
Turkiya — 206,8 ming nafar;
BAA — 73,7 ming nafar;
Saudiya Arabistoni — 50,2 ming nafar;
Misr — 27,1 ming nafar;
Janubiy Koreya — 13,3 ming nafar;
AQSH — 10,2 ming nafar;
Hindiston — 6,7 ming nafar;
Gruziya — 6,4 ming nafar;
Kuvayt — 6,3 ming nafar;
Germaniya — 3,7 ming nafar;
Latviya — 3,0 ming nafar;
Buyuk Britaniya — 2,9 ming nafar.
O‘zbekistonga 2022 yilning yanvar—avgust oylarida 3 million nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda tashrif buyurgandi. 8 oyda oyda Qozog‘iston (922,7 ming nafar) Qirg‘iziston (821,9 ming nafar) va Tojikiston — (814,5 ming nafar) fuqarolari turistik maqsadda eng ko‘p tashrif buyurgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar