10:37 / 28.09.2022
907

Sirdaryoda fermer xo‘jaligi va MCHJ mansabdorlari 50 sotix yerni yaroqsiz holga keltirdi

Sirdaryoda fermer xo‘jaligi va MCHJ mansabdorlari 50 sotix yerni yaroqsiz holga keltirdi
Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Sirdaryo viloyati Xovos tumanida sug‘oriladigan ekin yer maydonini yaroqsiz holga keltirish holati aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Xovos tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda «Sh.» fermer xo‘jaligi va «Z.Z.» MCHJ mansabdor shaxslari o‘zaro til biriktirib, fermer xo‘jaligiga ajratilgan 26,4 gektar yer maydonining 10 gektarini limonariya tashkil etish uchun «Z.Z.» MCHJga ijaraga berib, ushbu yer maydonida 15 823 kub metr qum-shag‘al aralashmasini o‘zboshimchalik bilan qazib olgani aniqlangan.

Shuningdek, 50 sotix sug‘oriladigan ekin yer maydonining unumdor qatlamini yaroqsiz holga keltirgani oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 593,1 million so‘m zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (o‘zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat