21:36 / 29.09.2022
1 090

Toshkentda tezlik soatiga 60 kilometrdan 50 kilometrgacha pasaytirilishi kutilmoqda

Toshkentda tezlik soatiga 60 kilometrdan 50 kilometrgacha pasaytirilishi kutilmoqda
Avtotransport vositalarining harakatlanish tezligi Toshkentdagi Kichik halqa yo‘lida soatiga 60 km.ga, markaziy ko‘chalarda esa soatiga 50 km.gacha tushirilishi mumkin.

Tezlik cheklanishi ko‘zda tutilgan ko‘chalar: Alisher Navoiy, Mahtumquli, Amir Temur, Kichik halqa avtomobil yo‘li, Islom Karimov, Taras Shevchenko, Bobur va Furqat ko‘chalarining bir qismi va Amir Temur xiyoboni aylanma yo‘li.

Toshkent shahar kengashi doimiy komissiyasi shunday xulosaga kelgan.

Doimiy komissiya ko‘targan ushbu masala Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda tezlik soatiga 60 kilometrdan 50 kilometrgacha pasaytirilishi kutilmoqda