
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shaxrisabz tumanlararo sudining 2022 yil 07 iyul kunidagi ijro varaqasiga asosan bir nafar voyaga yetmagan farzand qarzdor E.G tarbiyasidan onasi (undiruvchi) T.M. tarbiyasiga olib berilishi to‘g‘risidagi ijro hujjati 2022 yil 03 oktabr kuni Byuroning Shahrisabz tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Mazkur ijro hujjati bo‘yicha, davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilingan hamda ijroni amalga oshirish maqsadida taraflarga ixtiyoriy muddat berilib, ogohlantirilgan.
Shuningdek, ijro hujjati yuzasidan davlat ijrochisi tomonidan qarzdor E.G. va uning yaqin qarindoshlari bilan suhbat o‘tkazilgan.
Tushuntirish ishlari natijasida qarzdor E.G farzandini o‘z onasi T.M.ga Byuroning Shahrisabz tuman bo‘limida topshirdi va shunga ko‘ra ijro hujjati bo‘yicha ish yurituvi tamomlandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar