Qarovsiz qolgan avtomobildan davlat raqam belgilarini o‘g‘irlagan jinoyatchi qo‘lga olindi


Toshkent shahar Bektemir tumani IIBga mazkur tumanda istiqomat qiluvchi shaxs tomonidan ariza tushgan. Arizaga ko‘ra, uy oldida qarovsiz qoldirilgan avtomobilidan davlat raqam belgilari o‘g‘irlab ketilgan. IIB xodimlarining tezkor qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyat Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanida yashovchi fuqaro tomonidan sodir etilganligi ma’lum bo‘ldi. Qonunbuzar qo‘lga olingan. Voqea yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.
Manba: www.kun.uz
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…