
12 oktabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida Muhammad alayhissalom siyratlariga bag‘ishlangan tadbir va muftiy Nuriddin Xoliqnazarovning «Tasadduq, yo Rasululloh!» nomli yangi kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Muzaffar Komilov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maqsudov, Musulmonlar idorasi rahbariyati va keng jamoatchilik qatnashdi.

Muftiy siyrat oyida Muhammad sollallohu alayhi vasallam husni xulqlarini o‘rganish va ularni farzandlarimizga o‘rgatish inson ruhiy olamini boyitishi, mazkur kitob xalqimizni Rasululloh alayhissalomga yanada muhabbatli va yaqinroq qilish yo‘lidagi kamtarona urinish ekanini bildirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.