
13 oktabrdan O‘zbekiston va Eron Islom Respublikasi Hukumatlari o‘rtasidagi ishbilarmon va ilmiy doiralar vakillari hamda sayyohlik guruhlar uchun viza jarayonlarini soddalashtirish to‘g‘risidagi Bitim kuchga kirdi.
Mazkur Bitim Eron Islom Respublikasi Prezidentining 14-16 sentyabr kunlari O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida imzolangan.
TIV Shartnoma-huquq departamenti ma’lumotiga ko‘ra, mazkur hujjat 11 moddadan iborat bo‘lib, uning kuchga kirishi ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, turizm, fan va ilmiy faoliyat sohalaridagi aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar