O‘zbekiston va Ozarbayjon mudofaa sohasida hamkorlik qiladi

O‘zbekiston va Ozarbayjon mudofaa sohasida hamkorlik qiladi
O‘zbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov boshchiligidagi delegatsiya Ozarbayjonga bordi. U yerda Ozarbayjon mudofaa vaziri general-polkovnik Zokir Hasanov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston va Ozarbayjon mudofaa sohasida hamkorlik qiladi
Uchrashuvda mamlakatlar o‘rtasidagi harbiy, harbiy-texnikaviy, harbiy-ta’lim va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, mintaqaviy xavfsizlik masalalari hamda tomonlarni qiziqtirgan boshqa bir qator masalalar muhokama qilindi.
O‘zbekiston va Ozarbayjon mudofaa sohasida hamkorlik qiladi
Shuningdek, O‘zbekiston va Ozarbayjon Mudofaa vazirliklari o‘rtasida 2023 yilga mo‘ljallangan ikki tomonlama hamkorlik rejasi imzolandi.

Uchrashuvda qayd etilishicha, Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi mudofaa sohasidagi hamkorlik har ikki davlat armiyasini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar