
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov hamrohligida Ashxobodda «Toshkent» bog‘ining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.
Bog‘ Turkmaniston poytaxtining Maxtumquli shohko‘chasida, gavjum maskanda joylashgan. Uch gektar maydonda landshaftli gulzorlar tashkil etilgan, Toshkentning diqqatga sazovor joylari nusxalari barpo etilgan.

Davlat rahbarlari bu yerda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Ezgu niyatlar ifodasi sifatida boqqa daraxtlar ekdi.
O‘zbek va turkman milliy kuy-qo‘shiqlari ijro etildi. Prezidentlar shu yerda to‘yini nishonlayotgan yosh oilaga baxt-saodat tiladi.
Marosimda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari, Ashxobod jamoatchiligi vakillari, yoshlar qatnashdi.





O‘zbekiston PrezidentiSerdar BerdimuhamedovToshkent bog‘iAshxobod marosimiMilliy kuy-qo‘shiqlarYosh oilalarRasmiy delegatsiyalar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar